» » 105 yoshga qadar yashagan yaponiyalik shifokordan uzoq yashash sirlari

105 yoshga qadar yashagan yaponiyalik shifokordan uzoq yashash sirlari


Yaponiyalik shifokor Xinoxara Sigeaki o‘limidan bir necha oy oldin ham mijozlarni davolashni davom ettirib, kuniga 18 kun ishlagan. AdMe yaponiyaliklarning nima sababdan uzoq umr ko‘rishi borasidagi asosiy prinsiplarini ma’lum qildi.

“Kunni nimadir yaratish ishtiyoqi bilan boshlash juda muhim, axir har bir lahza — bu boshqalar uchun ajoyib narsa qilish imkoni-ku. Masalan, Amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli BMTda ko‘nggilli elchi sifatida ishlaydi va o‘z hayotining sezilarli qismini xayriya ishlariga sarflaydi”.

“Bolalik paytimizda boshqa ishlar sabab ovqatlanish va uxlashni unutib qo‘yardik. Ulg‘ayganda ham hayotga bo‘lgan ishtiyoqni aynan shu holda saqlab qolish kerak”.

“Yarim asr oldin Yaponiyada aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 68 edi va nafaqaga 64 yoshdan chiqilishi aqlli qaror hisoblanardi. Hozirda ushbu raqam 84 ga ko‘tarilgan, o‘z ishingizni erta tark etish — o‘z hayotingizni bilib turib qisqartirishdek gap”.

“Men nonushtaga apelsin sokini bir osh qoshiq zaytun yog‘i bilan birgalikda ichaman — bu qon tomirlarni mustahkamlaydi. Tushlikka esa sut va pechenye yeyman. Kechki ovqatga meva, ozgina baliq va guruch iste’mol qilaman. Haftada ikki marta 100 grammdan yog‘siz go‘sht yeyman. Ko‘pincha bandligimda och qolishga vaqtim bo‘lmaydi”.

“Ko‘pincha shifokorlar mijozlariga o‘zlari hech qachon amal qilmagan narsalarini maslahat beradi. Jiddiy davolanishga qaror qilishdan oldin, to‘liq ishonch bildirish mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisingizni toping”.

“Bizni og‘riqdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu rohatlanish. O‘zingizni rohatlanishdan tiymang. Kasallik ichiga kirib ketmang va doim chiqish yo‘lini izlang”.

“Mushaklarni mashq qildirish imkoniyatidan doim foydalanish kerak — ortiqcha piyoda yuring yoki mahsulotlarni uyga qadar ko‘tarib boring”.

105 yoshgacha yashagan shifokor Xinoxara Sigeaki hayotining so‘nggi kuniga qadar ishlagan va hayotimiz — bu birinchi navbatda nimadir yaratishdan iborat ekanligiga ishongan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют