» » O‘zbekistonda saylovchilarning elektron ro‘yxati tuziladi

O‘zbekistonda saylovchilarning elektron ro‘yxati tuziladi


O‘zbekiston hukumati 15-avgustdagi qaror bilan saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini (SYaER) shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Ro‘yxat Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida tashkil etilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qarorda 2017-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahri xalq deputatlarining tumanlar Kengashlariga saylovlar davomida axborot tizimining SYaERni shakllantirish va yuritishni nazarda tutuvchi tajriba tartibida foydalanilishi huquqiy eksperiment sifatida amalga oshirilishi, 2018-yilning 1-apreligacha esa — SYaERni yaratishni va butun mamlakat bo‘yicha ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

SYaERni yaratish va shakllantirishga yo‘naltirilgan idoraviy axborot tizimlarini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda SYaERning ishlashini texnikaviy ta’minlash uchun ko‘maklashishga Janubiy Koreya tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan nizomga muvofiq, SYaER O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan, doimiy yoki vaqtincha turar joyga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmayotgan fuqarolari kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.

SYaER Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan taqdim etilgan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, saylov kampaniyasi davrida saylovchilar ro‘yxatlarini aniqlashtirish orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi.

SYaER bir yilda bir marta, saylov kampaniyasi davrida esa MSK tomonidan DPM va Operator bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvalga muvofiq yangilanadi.

Saylovchi fuqaro o‘zi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish yo‘li bilan MSK rasmiy veb-saytining elektron kartasida saylov uchastkasining joylashuviga (dislokatsiyasiga) oid axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют