» » Senator Iqbol Mirzo: Hech qachon kirill alifbosiga qaytilmaydi, davlatning bu boradagi siyosati qat’iy

Senator Iqbol Mirzo: Hech qachon kirill alifbosiga qaytilmaydi, davlatning bu boradagi siyosati qat’iy


Taraqqiyot markazida Senatning 24—25-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida qabul qilingan qonunlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir yakunida senator Iqboljon Mirzaliyev (Iqbol Mirzo) lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili bo‘yicha bahslar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Bir narsani aniq aytishim mumkin: hech qachon kirill alifbosiga qaytilmaydi. Faqat bitta masala — lotin grafikasi tahrir qilinadi. Masalan, ba’zi harflarimiz ikkita harf bilan yoziladi. “Poshsho” deb yozadigan bo‘lsangiz, so‘z cho‘zilib ketadi.

Lotin yozuvining qulayliklari ko‘p, dunyoga intilsak, ingliz tilini o‘rganish uchun ayni muddao. Lekin tahrirtalab. Masalan, “sh” harfi so‘z boshida kelsa, deylik, Shuhrat Rizayevning ismida bosh harfning bittasi katta, bittasi kichik yoziladi. Endi Shuhrat akadan ruxsat olgan holda bitta belgi bilan belgilaymiz (kuladi).

Shuhrat aka taklifining bitta yaxshi tarafi shundaki, bu bahs, munozara uyg‘otdi. Lekin davlatning bu boradagi siyosati qat’iy, o‘zgarmaydi.

Iqbol Mirzo, senator, O‘zbekiston Xalq shoiri

Qayd etish joiz, Shuhrat Rizayevning “Kitob dunyosi” gazetasida (saytida 10-avgust kuni) e’lon qilingan Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktubi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Shuhrat Rizayev o‘z maktubida Prezident e’tiboriga bir necha takliflarni havola qilgan bo‘lib, ular orasida “kirillni asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonuniylashtirish” taklifi ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Rizayev kuni kecha Prezident farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют