» » Hamid Karzay: AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi rejasi afg‘on xalqi manfaatlariga xizmat qilmaydi

Hamid Karzay: AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi rejasi afg‘on xalqi manfaatlariga xizmat qilmaydi


AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasi afg‘on xalqi manfaatlariga xizmat qilmaydi. Bu haqda mamlakatning sobiq prezidenti Hamid Karzay ma’lum qildi, deya xabar beradi “MK.ru”.

“AQShning Afg‘onistondagi vaziyatni izga solish bo‘yicha yangi rejasiga tamomila qarshiman. Bu hujjat mamlakatim milliy manfaatlariga butunlay zid. Xususiy harbiy korporatsiyalarning Afg‘onistondagi roli kuchaytirilishini ham yoqlamayman. Bu faqat mojaro davom etishi va ko‘plab qon to‘kilishiga olib keladi”, — ta’kidladi Afg‘onistonning sobiq rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingenti saqlab qolinishi va qo‘shimcha 4 ming harbiy jo‘natilishini e’lon qilgandi. “Tolibon” harakati ham AQSh prezidentining mazkur bayonotini qoraladi va “Amerikaning birgina askari qolguncha harbiy harakatlar davom etishi”ni bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют