» » AQShdagi xalqaro san’at galereyasida Ernest Kurtvaliyevning fotolari namoyish etiladi

AQShdagi xalqaro san’at galereyasida Ernest Kurtvaliyevning fotolari namoyish etiladi


AQShning Geynsvill shahrida (Florida shtati) joriy yil 28-avgustidan 28-oktabrigacha “O‘zbekiston: Markaziy Osiyo ertagi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Ko‘rgazma 28-avgust, dushanba kuni Florida universitetidagi xalqaro san’at galereyasida ochiladi. Uni mazkur universitet talabasi va Fulbrayt dasturi stipendianti Albina Xartner tashkil etdi.

Ko‘rgazmada taniqli o‘zbek ustalarining keramika va to‘qimachilik namunalari bilan birgalikda O‘zbekistonning eng taniqli fotosuratchilaridan biri Ernest Kurtvaliyevning fotolari namoyish etiladi.

Galereyada ko‘rgazmadan tashqari Markaziy Osiyo an’anaviy me’morchiligi va o‘zbek xalq raqsiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, raqs bo‘yicha mahorat saboqlari bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют