» » Livan armiyasi IShID bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi haqida kelishib oldi

Livan armiyasi IShID bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi haqida kelishib oldi


Livan armiyasi Suriya chegarasida IShID bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi haqida kelishib olganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat harbiylariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Sulh tuzilishiga Livan harbiylarining jangarilar bilan ular asir olgan 9 nafar harbiy xizmatchini ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyati sabab bo‘ldi.

O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi muzokaralar Livan armiyasi Suriya bilan chegarada IShIDga qarshi operatsiya boshlaganidan bir hafta o‘tib o‘tkazildi.

Livan rasmiylari Suriya hukumati bilan o‘z harakatlarini kelishmagandi. Operatsiyada aviatsiya va artilleriyadan foydalanilgan, jangarilarga asosiy zarba Ras-Baalbek shahri hududida berilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют