» » Rossiyaning Xabarovsk shahrida haydovchi yo‘lovchilarni zelyonka bilan yuvinishga majbur qildi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida haydovchi yo‘lovchilarni zelyonka bilan yuvinishga majbur qildi


Rossiyaning Xabarovsk taksi haydovchisi yo‘lkira haqini to‘lamagan yo‘lovchi qizlardan o‘ziga xos uslubda o‘ch oldi. Voqea aks etgan video YouTube’da e’lon qilindi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.

Video kadrlarida taksidan qiz bola chiqqani, so‘ng ryukzakni yosh yigitga bergani ko‘rinadi. Qiz kaftini birlashtiradi, haydovchi uning kaftiga zelyonka quyadi va qiz shu zelyonka bilan yuvinadi.

Taksichi qurboni ustidan kulib, “Yaxshilab surka, erinma. Quloqlaringga ham surka, ko‘rinsin” deydi.

Voqeani yuzi yashil tusga kirib bo‘lgan boshqa qiz va boyagi yigit kuzatib turadi. Yigitning yuzi ko‘rinmaydi, lekin uning ham qo‘llarida zelyonka izlari bor. Shuningdek, kadr ortidan bir necha kishining kulgisi eshitiladi.

Video muallifi ham, o‘tkinchilar ham qizlarni himoya qilmaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют