» » Boks. O‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari JCh chorak finaliga yo‘l oldi

Boks. O‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari JCh chorak finaliga yo‘l oldi


Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak finaliga qadar 9 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi yetib keldi.

Rio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan Murod Ahmadaliyev ilk jangdayoq qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berganini aytmasa, qolgan barcha o‘zbekistonliklar g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘z ishtirokini 1-bosqichdan boshlagan bokschilardan Sanjar Tursunov (-91 kg) va Jasur Latipov (-52 kg) hozirgacha 2 tadan jangda g‘alaba qozondi. Qolgan 7 bokschi 2-bosqichdan JCh bahslariga qo‘shildi va birinchi jangida raqiblarini mag‘lub etdi.

Hozirgacha o‘zbekistonlik ikki bokschi raqiblarini nokaut qilishga muvaffaq bo‘ldi: Isroil Madrimov (-75) va Bahodir Jalolov (+91).

52 kg: Jasur Latipov — Daniel Asenov (Bolgariya) — 3:2
60 kg: Elnur Abduraimov — Karen Tonokanyan (Armaniston) — 4:1
69 kg: Shahram G‘iyosov — Yevgeniy Barabanov (Ukraina) — 5:0
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya) — 4:1
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kem Larsen (Daniya) — nokaut

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют