» » Jirinovskiy Putinning uch asosiy xatosini sanab o‘tdi

Jirinovskiy Putinning uch asosiy xatosini sanab o‘tdi


Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z faoliyati davomida qanday xatolarga yo‘l qo‘yganini sanab o‘tdi. Bu haqda u videobloger Yuriy Dudga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Dud Jirinovskiy Putinga qarshi borgan uch masalani aytishni so‘radi.

“Mamlakat ichidagi hududlarni kattalashtirish. Ular oltitasini (muxtor okruglarni) yo‘q qildi va shu bilan to‘xtadi, bu xato edi, davom ettirish kerak edi”, — dedi Jirinovskiy.

Jirinovskiyning fikricha, Putinning ikkinchi xatosi “butun Ukrainani olmagani”, ya’ni Qrim bilangina cheklanganidir. U Putinga qadar ham — 1991-yildayoq shu nuqtai nazarda turganini bildirib o‘tdi. Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, o‘shanda “biz (Rossiya) mamlakatni birovlarga bo‘lib berdik”.

Jirinovskiy Putinga norozilik bildirgan uchinchi masala kichik biznes bilan bog‘liq siyosatdir.

“Kichik biznes o‘xshamayapti. Va’da berishyapti, berishyapti… lekin biz turtki bermayapmiz. Bizda allaqachon qudratli iqtisodiyot bo‘lishi lozim edi… Politsiya va FSBga kichik biznesni himoya qilish buyrug‘ini ber. Hech kim hech narsa qila olmayapti — shu paytgacha xususiy mulkni tortib olish, reyderlik davom etmoqda”, — ta’kidladi Jirinovskiy.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют