» » Jirinovskiyning partiyasi O‘rta Osiyo vakillarini Rossiyaga yuridik shaxs taklifnomasisiz kiritmaslikni talab qilmoqda

Jirinovskiyning partiyasi O‘rta Osiyo vakillarini Rossiyaga yuridik shaxs taklifnomasisiz kiritmaslikni talab qilmoqda


Rossiya liberal-demokratik partiyasi vakillari O‘rta Osiyodan kelayotgan muhojirlar ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Xususan, ular muhojirlar faqat yuridik shaxslar taklifiga binoan keladigan tartibni joriy qilish taabbusi bilan chiqmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Partiya fraksiyasining fikricha, O‘rta Osiyo muhojirlari ustidan nazoratni kuchaytirish zarur”, — ma’lum qildi partiya deputatlari.

Siyosatchi Vladimir Jirinovskiy rahnamoligidagi partiya bunday amaliyotning mavjud emasligi tufayli radikal qarashdagi odamlar Rossiyaga kelayotganini uqtirmoqda.

“Shu jumladan, IShID tarkibida jang qilganlar kelmoqda, ular o‘ldirishni xohlaydi, ular hech narsa oldida to‘xtamaydi, ular shunchaki jinoyatchi emas, ular terrorchidir”, — ta’kidlanadi xabarnomada.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют