» » AQSh “Normandiya formati”ga qo‘shilishdan bosh tortdi

AQSh “Normandiya formati”ga qo‘shilishdan bosh tortdi


AQSh Davlat departamentining Ukrainadagi maxsus vakili Kurt Volker Deutsche Welle radiosiga bergan intervyusida Vashington Donbass ixtilofini bartaraf qilish bo‘yicha muzokaralarda “Normandiya formati” doirasida ishtirok etmasligini bildirdi.

“AQSh ‘Normandiya formati’ doirasidagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashini aniq-tiniq bildirdi. Biz uning bir qismiga aylanishni yoki unga boshchilik qilishni rejalashtirmayapmiz”, — dedi Volker.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

“AQSh va Rossiya ikki tomonlama munosabatlarida muhim bo‘lgan yana boshqa ko‘plab masalalar bor… Suriya va Shimoliy Koreya singari xalqaro muammolar bor. Ularning bari muhim, lekin Ukraina eng muhimidir”, — qayd qilib o‘tdi Volker.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют