» » Germaniyada Rossiya fuqarosi “Borussiya” jamoasi avtobusini portlatishga urinishda ayblandi

Germaniyada Rossiya fuqarosi “Borussiya” jamoasi avtobusini portlatishga urinishda ayblandi


Dortmund prokuraturasi Rossiya va Germaniya fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli Sergey V. ga nisbatan ayblov ilgari surdi. U “Borussiya” futbol jamoasi avtobusini portlatib yuborishga uringanida ushlangan edi, deb xabar beradi Meduza.

Aytilishicha, u shu yo‘l bilan futbol jamoasi aksiyalari narxining tushishida pul ishlamoqchi bo‘lgan.

Sergey V. 28 kishini o‘ldirishga qasd qilishda, ikki kishiga og‘ir tan jarohati yetkazishda, shuningdek, noqonuniy portlovchi modda sotib olishda ayblanmoqda.

Sergey V.ning o‘zi, advokatining so‘zlariga qaraganda, aybsizligini uqtirmoqda.

Voqea 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda “Monako”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun ketayotgan “Borussiya” jamoasi avtobusi yo‘lida uchta portlovchi modda harakatga kelgan edi. Futbolchi Mark Bartra va sportchilarga hamrohlik qilgan politsiyachi jarohatlangan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют