» » “Borussiya” avtobusiga uyushtirilgan hujum ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U — diniy aqidaparast

“Borussiya” avtobusiga uyushtirilgan hujum ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U — diniy aqidaparast


Germaniya politsiyasi Dortmundning “Borussiya” futbol klubi avtobusiga uyushtirilgan hujum ishi bo‘yicha gumonlanuvchi hibsga olinganini ma’lum qildi. Meduza’ning Germaniya Bosh prokuraturasi vakiliga asoslanib xabar berishicha, gumonlanuvchi diniy aqidaparastlar vakilidir, uning ismi aytilmayapti.

Qo‘lga olingan shaxsdan tashqari politsiya yana bir ekstremistni izlamoqda. Har ikkala gumonlanuvchining uylarida tintuv ishlari olib borilmoqda.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hujumning terrorchilikka yo‘nalgani asosida ish olib bormoqda, biroq hodisani hozircha rasman terakt deb baholagani yo‘q.

Xabar berishlaricha, avtobus oldidagi portlash joylarida diniy shiorlardan iborat uchta bir xil varaqa topilgan.

11-aprel oqshomida “Borussiya” mehmonxonadan stadionga yo‘l olgan vaqtida futbolchilar avtobusi oldida uchta portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida futbolchi Mark Bartra jabrlangan, uni operatsiya qilib ulgurishdi. Portlash oqibatida avtobusga hamrohlik qilgan politsiyachi ham jabrlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют