» » Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xojayev va OzMTRK rahbari Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi

Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xojayev va OzMTRK rahbari Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi


Ozbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi orinbosari – Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xojayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi xabarlarni Daryoning hukumatdagi ishonchli manbalari tasdiqladi.

Shuningdek, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bobur Alixonov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Asadjon Xojayev (1970-yilda tugilgan) Ozbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi orinbosari Prezident matbuot xizmati rahbari etib tayinlangani 2017-yil mart oyida malum bolgan edi. Bungacha Xojayev Intellektual mulk qomitasi bosh direktori, Ozbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori orinbosari, Ozbekiston pochtasi kompaniyasi bosh direktori birinchi orinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bobur Alixonov 2017-yil 3-avgust kuni OzMTRK raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Bungacha u 3-apreldan beri OzMTRK raisi birinchi orinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. OAV sohasi boyicha ekspert Bobur Alixonov 1983-yildan televideniyeda turli lavozimlara mehnat qilgan bolib, OzMTRKdan avvalgi ish joyi UzReport telekanali bolgan edi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (29-08-2017, 23:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 6) ( 3)
:
-
:
20 ... -