» » Umar Jabroilov manzilni tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi

Umar Jabroilov manzilni tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi


Moskva markazidagi Four Season mehmonxonasida to‘pponchadan o‘q uzgani uchun qo‘lga olingan biznesmen va sobiq senator Umar Jabroilov manzilni tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi. Bu haqda Rossiya IIV Moskva shahar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi deya xabar beradi “TASS”.

“29-avgust kuni shahar markazidagi mehmonxonada to‘pponchadan yuqoriga qarata o‘q uzgan erkakka ‘Bezorilik’ moddasi bo‘yicha qo‘zg‘algan jinoiy ish doirasida manzilni tark etmaslik haqida ogohlantirish chorasi qo‘llandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Jabroilov Moskva politsiyaning “Kitay-gorod” bo‘limi binosini tark etgani bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют