» » Rossiyada 1-sentabrga tayyorlangan terakt sxemasi fosh etildi

Rossiyada 1-sentabrga tayyorlangan terakt sxemasi fosh etildi


Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan 31-avgust kuni ushlangan ikki nafar terrorchi 1-sentabr kuni qanday hujumlar rejalashtirilgani aniqlandi. Bu haqda, “RBK” nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Operatsiya chog‘ida gumondorlarning yonidan 2 kilogramm qo‘lbola portlovchi modda (peroksid va atsetondan tayyorlanadigan “kisa” moddasi) va bolta topilgan edi.

Muqaddam ushlanganlarning ikkisi ham O‘rta Osiyo vakillari ekanligi bildirilgan edi. Endilikda ularning biri O‘zbekiston, biri Tojikiston fuqarosi ekanligini ma’lum qilindi.

Nashr manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Murodbek Qodirovning yonidan portlovchi moddalar topilgan. Tojikiston fuqarosi D. T. Sharipov esa bolta bilan qurollangan.

Aytilishicha, Qodirov Moskva viloyatining Lenin tumanida bu haqda rasman e’lon qilinishidan ancha oldin qo‘lga olingan. Sharipov esa Istra tumanida ushlangan.

“Ular klassik sxema bo‘yicha terakt sodir etishni rejalashtirgan: dastlab biri bolta bilan odamlarga hujum qiladi, shundan so‘ng ikkinchisi o‘tkinchilar to‘plangan yerda portlashni amalga oshiradi”, — ma’lum qildi nashrning FSBdagi manbalari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют