» » Moskvada 1-sentabrda terakt tayyorlashda gumonlanayotgan shaxs o‘z aybini tan oldi

Moskvada 1-sentabrda terakt tayyorlashda gumonlanayotgan shaxs o‘z aybini tan oldi


O‘zbekistonlik Murodbek Qodirov 1-sentabrda Moskvada terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganligi yuzasidan qo‘yilgan aybni tan oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Men aybimni tan olaman… Men aybdor emasman, afsusdaman”, — degan ayblanuvchi.

Mavzuga doir: Moskvada 1-sentabr kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslardan biri o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi

Qodirov O‘zbekistonda tug‘ilganligini, Farg‘ona vloyatida ro‘yxatda turishini, xotini va bolasi borligini aytgan. Moskvaga 2017-yil 10-martda kelgan, o‘zi ishlaydigan joyda yashagan.

Sud Federal xavfsizlik xizmatining so‘rovini qanoatlantirgan va Qodirovni hibsga olgan. Qaror ayblanuvchi yashirinishi va qonunga qarshi harakatini davom ettirishi mumkinligi bilan asoslangan.

Prokurorning ma’lum qilishicha, Murodbek Qodirov portlatish yo‘li bilan terakt tayyorlash bo‘yicha 2017-yilning avgust oyida Suriyadagi IShID emissarlaridan topshiriq olgan. Odamlar ko‘p to‘planadigan joyda terakt uyushtirish maqsadida noqonuniy ravishda portlovchi qurilma yasagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют