» » O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-senabrda “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjatda O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Farmon O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan erkin ravishda xalqaro valyuta sotib olish boshlanadi

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilandi.

Birinchi ustuvor yo‘nalish sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin ravishda xorijiy valyuta sotib olish va sotish hamda shaxsiy valyuta vositalarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish huquqini amalga oshirish bo‘yicha choralarni ta’minlash belgilangan.

Milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursini belgilashda bozor mexanizmlaridan foydalanish ikkinchi yo‘nalish etib belgilangan.

Valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish uchinchi yo‘nalish sifatida kiritilgan. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdan noan’anaviy yo‘nalishlarda eksportni rivojlantirishda valyuta siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish, hududiy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash ham o‘rin olgan

Sifatli ishchi o‘rinlarini yaratish va mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida barcha iqtisodiyot sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, bilimlarni va texnologiyalarni jalb qilishga imkon beruvchi biznes va investitsion muhitni yaxshilash to‘rtinchi yo‘nalish sifatida qabul qilindi.

Beshinchi yo‘nalish esa qat’iy monetar siyosatni yuritishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, qat’iy monetar siyosat milliy valyuta barqarorligini ta’minlashga qaratiladi. Bunda davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar amalga oshirish va banklarga davlat qimmatli qog‘ozlari garovi asosida likvidlikni taqdim etsih operatsiyalari ko‘zda tutilgan.

Oltinchi yo‘nalishga asosan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish vositasida pul massasining haddan ortiq ko‘payib ketishini to‘xtatib turish, shuningdek, Davlat budjetining balansliligini qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi.

Bank tizimi barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va uning xatarlarga chidamliligini oshirish maqsadida valyuta siyosatini erkinlashtirishning banklar moliyaviy holatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini yengillashtirish uchun oldindan samarali choralar ko‘riladi. Bu yettinchi yo‘nalish etib belgilangan.

Sakkizinchi yo‘nalishga ko‘ra, bazaviy sohalardagi korxonalarning yangi valyuta siyosatidagi samarali faoliyatini ta’minlovchi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zaruriy choralari qabul qilinadi.

Valyuta siyosatini liberallashtirish jarayoni natijasida aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun ko‘p tomonlama yo‘naltirilgan ijtimoiy ko‘mak choralarining amalga oshirilishi to‘qqizinchi yo‘nalish hisoblanadi.

Avvalroq O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan xorijiy valyuta erkin tarzda sotib olinishi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют