» » Yaponiya TIV rahbari Rossiyani KXDRga neft eksport qilishni to‘xtatishga chaqirdi

Yaponiya TIV rahbari Rossiyani KXDRga neft eksport qilishni to‘xtatishga chaqirdi


Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono Rossiya va Xitoyni Pxenyanga qarshi sanksiyaga rozilik bildirishga, xususan, KXDRga neft eksport qilishni to‘xtatishga chaqirdi, Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Bu — variantlarning so‘nggisi. Neft nafaqat raketalar uchiirish uchun, balki KXDR aholisining hayot kechirishi uchun ham zarur. Neft Xitoy va Rossiyadan keladi. Bu ikki mamlakat sanksiyalarga rozi bo‘lishi kerak”, — dedi Kono.

Shuningdek, vazir xorijda ko‘plab Shimoliy koreyalik ishchilar ishlashini va kelajakda ularning sonini kamaytirish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq KXDR vodorod bombasini yaratganini va uni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют