» » So‘rovnoma ishtirokchilarining 24 foizi Babayanni ko‘rishni ortiq istamasligini ma’lum qildi

So‘rovnoma ishtirokchilarining 24 foizi Babayanni ko‘rishni ortiq istamasligini ma’lum qildi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoydan mag‘lub bo‘lgach, “Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ularning fikrlari bilan qiziqqandi.

“Xitoydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qanday fikrdasiz?” deb berilgan savolga so‘rovnoma ishtirokchilarining 24 foizi “Samvel Babayanni ko‘rishni ortiq istamayman” degan variantni belgiladi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasini JCh uchun loyiq emas deb hisoblaydiganlar ham aynan shuncha foizni tashkil qildi.

O‘zbekiston termasi Toshkentda 5-sentabr kuni Koreyani yuta olmasligiga ishonganlar biroz kamroq — 23 foiz. 3 ta asosiy javobdan ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonliklarda mamlakat bosh jamoasiga bo‘lgan ishonch Xitoyga qarshi o‘yindan keyin kamayib ketgan

Bor-yo‘g‘i 5 foiz ishtirokchi futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan. 12 foizi esa bosh jamoaga oxirigacha ishonishini ma’lum qilgan.

So‘rovnoma: Xitoydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qanday fikrdasiz?

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют