» » AQShning BMTdagi vakili: Kim Chen In o‘z harakatlari bilan urushga intilmoqda

AQShning BMTdagi vakili: Kim Chen In o‘z harakatlari bilan urushga intilmoqda


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z harakatlari bilan urushga intilayotganini namoyish etmoqda. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Uning raketa va yadroviy tahdidlari urushga intilayotganini ko‘rsatib turibdi. Biz urushni istamaymiz, ammo ittifoqdoshlarimiz va o‘z hududimizni himoya qilamiz”, — dedi Xeyli.

Xeyli BMT Xavfsizlik kengashini KXDRga qarshi imkon qadar keskin choralar ko‘rish, Pxenyan bilan biznes yuritadigan har qanday davlatni Shimoliy Koreya yadro dasturiga sherik deb hisoblashga chaqirdi.

Shuningdek, Xeyli AQSh va uning ittifoqdoshlari o‘tkazayotgan qo‘shma mashg‘ulotlarni Pxenyan raketa-yadro sinovlariga chek qo‘yilishi evaziga to‘xtatish haqidagi fikrni “haqoratli” deb atadi. Rossiya va Xitoy shunday taklifni ilgari surgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют