» » JCh—2018. Avstraliya saralashni yakunladi. Saudiya uni mundialdan chetda qoldirishi mumkin

JCh—2018. Avstraliya saralashni yakunladi. Saudiya uni mundialdan chetda qoldirishi mumkin


Avstraliya va Tailand termalari JCh—2018 saralashini yakunladi. Tomonlarning yashil qit’ada o‘tgan uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. Garchi Avstraliya g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, mazkur hisob jamoa uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda Avstraliyada to‘plar nisbati +5 ni tashkil qilmoqda, Saudiyada esa +6. Demak, bugun Saudiya Arabistoni termasi o‘z uyida Yaponiyani taslim qila olsa, JCh—2018 uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani yutib olishi mumkin bo‘ladi.

Reglamentga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolganida birinchi galda to‘plar nisbatiga qaraladi. Bu borada ustunlik Saudiya tomonida. Shunchaki, ochkolarni tenglashtirish uchun Yaponiyani yutish talab etiladi. Kunchiqar yurt termasi o‘tgan turda JCh—2018 missiyasini ijobiy hal qilib bo‘lgandi.

JCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 10-tur
5-sentabr, seshanba

Gollar: Tomi Yurich, 69 (1:0). Rokklav Anan, 82 (1:1). Metyu Leki, 86 (2:1).

Voqealar rivoji O‘zbekiston milliy terma jamoasiga o‘z guruhida 3-o‘rinni taqdim etsa, pley-offda unga Avstraliya yoki Saudiyadan biri raqiblik qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют