» » Facebook Mark Sukerberg va uning rafiqasining sahifasini bloklashga ruxsat beradi. Hozir esa buning iloji yo‘q

Facebook Mark Sukerberg va uning rafiqasining sahifasini bloklashga ruxsat beradi. Hozir esa buning iloji yo‘q


Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, Facebook uning sahifasini bloklashga imkon bermayotgan xatolikni bartaraf etadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Facebook foydalanuvchllari xohlagan akkauntini bloklashi va uning postlarini o‘z tasmasida ko‘rmasligi mumkin. Biroq bu ishni Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Channing akkauntiga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Agar ularning sahifalarini bloklashga harakat qilinsa, “Hozir bu profilni bloklab bo‘lmaydi”, degan xabar paydo bo‘ladi.

Sukerbergning aytishicha, Facebook jamoasi muammo ustida ishlamoqda, biroq bu oddiy topshiriq emas va uning yechimi vaqt talab qiladi. Facebook matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, xatolik bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bitta profilni bloklashga uringanida yuzaga keladi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqda bloklab bo‘lmaydigan sahifa yo‘q.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют