» » O‘zbekiston aholi soniga nisbatan 100 yoshdan oshgan kishilar bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi

O‘zbekiston aholi soniga nisbatan 100 yoshdan oshgan kishilar bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi


O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish 1990-yilda 67 yoshni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 73,5 yoshga, ayollarniki esa 75,8 yoshga yetdi. Mamlakatda 80 —90 yoshga, hatto yuz yoshga yetgan qariyalar soni tobora oshmoqda. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, aholi soniga nisbatan olinganda O‘zbekiston 100 yoshdan oshgan fuqarolari bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi, deb yozmoqda O‘zA.

2010—2015-yillarda mamlakatda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni kuchaytirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, keksalar va pensionerlarga mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat uyi moddiy-texnik bazasi, 14600 nafar yolg‘iz keksa, pensioner, nogironning turar joy sharoitlari yaxshilandi. 5400 nafar nuroniy reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6400 nafar nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘lig‘ini tikladi.

O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining haj ziyoratiga borish istagi hamda inobatga olinib, ilgari haj ziyoratiga borolmagan va bunga imkoni bo‘lmagan 70 dan ortiq urush faxriysi joriy yilda davlat mablag‘lari hisobidan haj safariga yuborildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют