» » Bangkokdan qaytayotgan reys ushlanib qoldi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” uzr so‘radi

Bangkokdan qaytayotgan reys ushlanib qoldi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” uzr so‘radi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 5-sentabrdan buyon texnik sabablarga ko‘ra ushlanib qolgan HY532 “Bangkok–Toshkent” reysi yo‘lovchilaridan uzr so‘radi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

216 yo‘lovchisi bor samolyot Tailand poytaxtidan texnik nosozlik tufayli uchib chiqa olmadi.

“Reys havo kemasidagi nosozlik butunlay bartaraf qilinmaguniga qadar amalga oshirilmaydi”, — deyiladi rasmiy xabarnomada.

Aviakompaniya vakillari muammoni hal qilish uchun tezkor choralar ko‘rmoqda. Barcha yo‘lovchilarga mehmonxona (ichida uch martalik tanovul bilan), aeroport va mehmonxona orasida qatnash uchun transportirovka, shuningdek, xalqaro aloqa orqali yaqinlari bilan bog‘lanish imkoniyati taqdim etildi.

Toshkent orqali Bishkek, Bishkek, Tel-Aviv va Rossiya shaharlariga uchayotgan 90 kishiga muqobil yo‘nalishlar taklif etildi. 8-sentabr kuni Toshkentga Kuala-Lumpur reysini qayta yo‘naltirish hisobiga 90 dan ortiq yo‘lovchini olib ketish imkoniyati tug‘ildi. Qolgan 30 kishini O‘zbekistonga yetkazishning muqobil yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqda.

“Aviakompaniya rahbariyati nomidan sizlarga voqea yuzasidan uzr aytishga ruxsat bering”, — deyiladi aviakompaniyaning rasmiy xabarnomasida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют