» » Fotogalereya: Dengiz qirg‘oqlaridan topilgan eng g‘ayrioddiy buyumlar

Fotogalereya: Dengiz qirg‘oqlaridan topilgan eng g‘ayrioddiy buyumlar


AdMe shu kunga qadar dengizlar atrofidagi plyajlardan topilgan g‘ayrioddiy buyumlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

2007-yilda balandligi 2,5 metr keladigan Lego o‘yinchog‘i Niderlandiyaning Zandvorte qirg‘oqlariga tashlab ketilgan. U qayerdan paydo bo‘lgani noma’lum, Daniyaning Legoland bo‘limi ushbu o‘yinchoqqa hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

2007-yilda Napoli yuk kemasining falokatidan so‘ng, konteynerlar ichida buyumlari bilan Angliyaning Devon grafligi qirg‘oqlariga  tashlab yuborilgan. Plyajga konteyner ichidagi narsalarni qo‘lga kiritish maqsadida ko‘plab odamlar kela boshlagan, kimdir vino to‘ldirilgan bochkalarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana kimgadir BMW mototsikli nasib qilgan.

2016-yili Yaponiyadagi plyajlardan birda raketa qoldiqlari topilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya tomonidan o‘sha yilda uchirilgan raketaning burun qismi bo‘lishi mumkin.

Ushbu g‘ayrioddiy topilma 2012-yili Florida plyajlaridan birida aniqlangan. U qanday sirli dengiz jonzotiga tegishli eganligi noma’lum.

2008-yilda Shotlandiya qirg‘oqlaridan biridan topilgan harbiy qurilma.

2017-yilning mart oyida Aydaxodagi shaharlardan birining plyajiga shu kabi metall o‘yin kubigi oqib kelgan.

2015-yili Bagam orollaridagi plyajdan Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli kosmik kemaning qoldiqlari topilgan.

2017-yilning yanvarida Langeog oroli qirg‘oqlaridan bir necha ming kinder-syuprizlar va lego o‘yinchoqlari topilgan. Bunga sabab dengizda sodir bo‘lgan kuchli dovul ushbu mahsulotlar ortilgan konteynerlarni olib ketayotgan yuk kemasiga zarar yetkazgani.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют