» » Oliy Liga. Navoiyda “Bunyodkor” darvozasiga 3 ta gol urildi, Bikmayev “Loko”ga g‘alaba keltirdi

Oliy Liga. Navoiyda “Bunyodkor” darvozasiga 3 ta gol urildi, Bikmayev “Loko”ga g‘alaba keltirdi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 20-turidan joy olgan yana uch uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ular orasida eng qiziqarlisi Navoiyda kechib, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. Birinchi bo‘limda “qaldirg‘ochlar” 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, bellashuv yakuniga 10 daqiqa vaqt qolganida “Qizilqum” Qosimov ta’biri bilan aytganda Braziliyaga aylanib ketdi.

“Nasaf” va “Lokomotiv”ga mazkur turda 1 tadan aniq zarba kifoya qildi. Diskvalifikatsiya sabab Xitoyga qarshi uchrashuvni qo‘yib yuborgan Marat Bikmayevning goli “temiryo‘lchilar”ga 3 ochko taqdim etgan bo‘lsa, Bobur Abduxoliqov “Nasaf”ga g‘alaba olib keldi.

Mazkur tur bugun — 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Metallurg” — “Paxtakor” o‘yini bilan yakuniga yetadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
20-tur o‘yinlari

Gol: Marat Bikmayev, 57 (1:0).

Gollar: Vohid Shodiyev, 29 (0:1). Doston Hamdamov, 40 (0:2). Otabek Zokirov, 79 (1:2). Fayzullo Qambarov, 82 (2:2). Shohrux Gadoyev, 84 (2:3). Artur Gevorkyan, 90 (3:3).

Gol: Bobur Abduxoliqov, 15 (1:0).

9-sentabr, shanba
“Metallurg” — “Paxtakor”

Oliy Liga. Vadim Abramov mag‘lubiyatli seriyasini davom ettirdi. Shkvirinda pochin g‘alaba

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют