» » Oliy liga. Arveladze va Qosimov jamoasi ochko yo‘qotdi. “Nasaf”da yirik g‘alaba

Oliy liga. Arveladze va Qosimov jamoasi ochko yo‘qotdi. “Nasaf”da yirik g‘alaba


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 16-turidan joy olgan yana 3 ta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

2-davraga gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze boshchiligida tayyorgarlik ko‘rgan “Paxtakor” Navoiyda “Qizilqum” qarshiligini sindira olmadi va 1:1 hisobiga imzo chekdi. Jamoaning braziliyalik hujumchisi Tiago Bezerra ilk rasmiy o‘yinida penaltidan aniq foydalana olmadi.

Shu kuni “Paxtakor” darvozasini Eldor Suyunov emas, Aleksandr Lobanov qo‘riqladi. Jamoaga taklif etilgan uch legionerning barchasi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Gidi Kanyuk 84-daqiqada o‘rnini Jamshid Iskanderovga bo‘shatdi. O‘rinboyev esa o‘yin yakuniga 3 daqiqa qolganida maydonga tushirildi.

Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirin to‘qnashuvida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. 90-daqiqaga kelib bosh hakam Hasan Ro‘ziyev “Bunyodkor” futbolchisini maydondan chetlatdi.

Qarshining “Nasaf” klubi O‘zbekiston kubogi chorak finalida “Qo‘qon—1912”ni qoldirib ketgandi. Chempionat doirasida ham Hasanov shogirdlari yirik hisobda taslim qilindi — 3:0. Shu tariqa “Nasaf” qo‘qonliklarni quvib yetib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

16-tur peshqadam “Lokomotiv” ishtirokidagi o‘yin bilan yakuniga yetadi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
16-tur bellashuvlari
5-avgust, shanba

Gol: A’zam Aliyev, 44 (0:1). Abbos Mahsitaliyev, 90 (0:2).

Gol: Murod Toshmatov, 22 (0:1). Zohid Abdullayev, 64 (0:2). Zohid Abdullayev, 76 (0:3).
Noaniq penalti: Hikmat Hoshimov, 16 (M).

Gollar: Ivan Nagayev, 70 (0:1). Shota Grigalashvili, 90-pen (1:1).
Noaniq penalti: Igor Yelich, 35 (O).

Gol: Laziz Ubaydullayev, 64 (0:1). Mo‘ydin Mamazulumov, 69 (1:1).

6-avgust, yakshanba

Chetlatish: Davron Umirov, 90 (B).

Gollar: Suhrob Nurullayev, 13 (0:1). Otabek Zokirov, 49 (1:1).
Noaniq penalti: Tiago Bezerra, 64 (P).

Gollar: Sharof Muhiddinov, 2 (1:0). Dragan Cheran, 40 (2:0). Igor Golban, 87 (3:0).

7-avgust, dushanba
“Lokomotiv” — “Mash’al” — 19:00

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют