» » Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” Saudiya klubidan yirik hisobda yengildi

Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” Saudiya klubidan yirik hisobda yengildi


Turkiya yig‘inida bo‘lib turgan Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Klub matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, birinchi bo‘limda kuchlar teng kelgan. Ikkinchi bo‘limga kelib saudiyalik futbolchilar Aleksandr Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga javobsiz uchta gol urishga erishgan.

Bu Shota Arveladze bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon “Paxtakor”ning ilk norasmiy mag‘lubiyati bo‘ldi. 30-iyul kuni Toshkent grandi Saudiyaning boshqa bir klubi “Ar-Riyod” bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.

“Championat.asia” nashri “Al-Ittifoq” matbuot xizmatiga tayanib, uchrashuv fotosuratlarini taqdim etdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Istanbul, Turkiya
28-iyul, juma

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov — Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A’zamov, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Tiago Bezerra, Doston Ibrohimov, Suhrob Nurulloyev, Gidi Kanyuk, Igor Sergeyev.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют