» » Yangi iPhone o‘z tarixidagi eng qimmatbahosiga aylanishi mumkin

Yangi iPhone o‘z tarixidagi eng qimmatbahosiga aylanishi mumkin


Apple kompaniyasining shartli nomi iPhone 8 bo‘lgan yangi flagman smartfoni bunday qurilmalarning butun o‘n yillik tarixidagi eng qimmatbahosiga aylanishi mumkin, deb yozadi “Vedomosti”. Britaniyaning The Telegraph gazetasiga ko‘ra, u AQShda 1000 dollar turadi.

The Inquirer vaziyatdan xabardor Twitter foydalanuvchisiga tayanib aniqlik kiritishicha, iPhone 8 ning 64 Gb xotiralisi 999 dollar, 256 Gb — 1099 dollar va 512 Gb xotiralisi — 1199 dollardan sotiladi.

Apple vakillari  izoh berishdan bosh tortdi. Yangi qurilma taqdimoti 12-sentabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iPhone 8 savdolari boshlanishiga tanqislik yoki yetkazib berishdagi ushlanib qolishlar hamrohlik qilishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. Bu detallarni yetkazib berishda yuzaga kelgan to‘xtalishlar bilan bog‘liq, bu ishlab chiqarish grafigi qariyb bir oyga orqada qolishiga olib kelgan edi.

Avvalroq esa The Financial Times yangi modeldagi smartfon taqdimoti va uning 10 yillik yubileyi oktabrga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют