» » Ostonada Shavkat Mirziyoyevni Nursulton Nazarboyev kutib oldi

Ostonada Shavkat Mirziyoyevni Nursulton Nazarboyev kutib oldi


Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti ochildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portali orqali ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik saroyida qozog‘istonlik hamkasbu Nursulton Nazarboyev kutib oldi.

Ochilishdan so‘ng Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar delegatsiya rahbarlarining rasmiy suratga tushish marosimi bo‘ldi.

Sammitni Prezident Nursulton Nazarboyev ochdi. Qur’on tilovat qilindi.

Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish” mavzuida o‘tmoqda.

2016-yil 18-oktabrda Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori uning asosiy g‘oyasi etib belgilangan edi. Shu ma’noda, Ostonadagi sammitni Toshkentda o‘tgan sessiyaning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Anjumanda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat 80 ga yaqin delegatsiya ishtirok etmoqda.

Sammit yakunida Ostona deklaratsiyasi imzolanishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют