» » Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha ilk sammiti o‘tkaziladi

Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha ilk sammiti o‘tkaziladi


Joriy yil 10—11-sentabr kunlari Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) fan va texnologiyalar bo‘yicha ilk sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oqilbek Kamoliddinovga ko‘ra, tadbir asli Pokistonda o‘tkazilishi lozim edi, biroq Islomobod bunday majburiyatni zimmasiga olmadi. Prezident Nursulton Nazarboyev tomonidan sammitni Ostonada o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi. Shuningdek, sammit arafasida yirik ilmiy-amaliy anjuman ham bo‘lib o‘tadi. 

“Sammitga davlat rahbarlari taklif etilmoqda. Hozirda ishtirokini tasdiqlagan yetakchilar ro‘yxatini shakllantirmoqdamiz. Shu kungacha tadbirda qatnashishini 10 ga yaqin davlat va hukumat rahbari tasdiqladi”, — deya ta’kidladi Oqilbek Kamoliddinov.  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют