» » OAV: KXDR yadro quroli yaratilishida Eron ko‘mak bergan

OAV: KXDR yadro quroli yaratilishida Eron ko‘mak bergan


Britaniya rasmiylari Shimoliy Koreya yadro dasturining tezkorlik bilan rivojlanishi Eron tomonidan maxfiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq deb hisoblamoqda. Bu haqda, Telegraph manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Hozirda Britaniya TIV Pxenyan yadro jangovar kallaklarini ishlab chiqishida “amaldagi va sobiq yadroviy davlatlar” KXDR yetakchisi Kim Chen Inga yordam berganligini o‘rganib chiqmoqda. Britaniya hukumatidagi manbalar Shimoliy Koreya olimlari bu borada mustaqil ravishda taraqqiyotni ta’minlashiga shubha bildirdi.

“Shimoliy Koreya olimlari chindan ham nimanidir uddalay oladi, biroq ular bir o‘zi ishlamagani ham ko‘rinib turibdi”, — dedi o‘zini oshkor etishni istamagan Britaniya vaziri.

KXDRga yadro dasturini rivojlantirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Eron yetakchilik qilmoqda. Undan Rossiya ham o‘rin olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют