» » O‘FF saylovi arafasida Oliy Liga muxlis tashrifi borasida antirekordini takrorladi

O‘FF saylovi arafasida Oliy Liga muxlis tashrifi borasida antirekordini takrorladi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 20-turidan joy olgan “Obod” — “So‘g‘diyona” uchrashuvini 174 nafar muxlis kuzatib bordi. Bu mavsum antirekordi bo‘ldi, deb yozdi “Championat.asia”.

TTYMI stadionidagi o‘yin Oliy Ligadagi muxlislar tashrifida eng yomoni bo‘ldi. Bunga qadar ham antirekord 174 bo‘lib, uni ham “Obod”ning o‘zi qayd etgandi. Bunda 174 nafar ichiga kirganlarning necha foizi har ikki klub vakillari ekani borasida aniq ma’lumot yo‘q.

Eng ko‘p muxlis 20-turda Navoiyda ko‘rinish berdi — 5.753. Ular jangovor durang guvohiga aylandi — 3:3.

Oliy Liga 20-turining 8 o‘yiniga kelgan tomoshabinning barchasi bir bo‘lib, “Bunyodkor” stadionini to‘ldira olmaydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 dan chetda qolishi, muxlislar oqimini keskin kamaytirganini ko‘rish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют