» » Estoniya SSSR tarkibiga kiritilganini tan olmagani uchun AQShga minnatdorchilik bildirdi

Estoniya SSSR tarkibiga kiritilganini tan olmagani uchun AQShga minnatdorchilik bildirdi


Estoniyaning Vashingtondagi elchisi Lauri Lepik AQSh prezidenti Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“AQShning bir necha o‘n yillar davomida Estoniya SSSR tarkibiga kiritilganini tan olmaslik siyosati, yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar va mintaqada Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlarining mavjudligi Vashington Tallinning eng muhim ittifoqdoshlaridan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi”, — ta’kidladi elchi.

Tramp Estoniya NATOdagi ishonchli sherik ekanligi va Yevroittifoq kengashi raisi sifatida yetakchilik mavqeyini namoyish etayotganini e’tirof etdi. Mamlakatning aksilterror kurashi, xususan, Afg‘oniston va Iroqdagi operatsiyalarda ishtirokini yuqori baholadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Estoniya, Latviya va Litvaning Parijdagi elchilari Fransiyaning Le Monde gazetasiga davlatlarini “sobiq sovet respublikalari” deb atamaslik so‘ralgan maktub yo‘llagandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют