» » “Moyka”dagi hallolik: 50 dollarni egasiga qaytarib bergan yigit

“Moyka”dagi hallolik: 50 dollarni egasiga qaytarib bergan yigit


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Sanjarbek ismli foydalanuvchi avtomobilini yuvishga olib kirganida o‘zi bilan sodir bo‘lgan ta’sirli voqeani o‘z sahifasiga joylashtirdi.

Mirobod tumani IIB yaqinidagi sobiq tramvay krugi yonida joylashgan moykaga mashinamni yuvishga olib kirdim.

Mashinamni yuvish uchun yigitlarga qoldirib, o‘sha yerdagi kafega salqin ichimlik ichgani kirdim. Oradan 10 daqiqa o‘tib mashina yuvuvchi yigit oldimga kirib, 50 dollar pul uzatib “aka, pulingizni olib qo‘ying” dedi. Men bo‘lsam bu qanaqa pulligini eslay olmay qayerdan olganini suradim. U mashinaning o‘rindig‘i tagidan chiqqanini aytdi.

Keyin esladim, bir paytlar mashina poligining tagiga yashirib qo‘ygan pulim ekan.

Xullas, o‘sha moykada ishlaydigan shu yigitga tarbiya bergan ota-onasiga rahmat. O‘zi arzimagan pulga issiqni issiq, sovuqni sovuq demay ishlaydigan yigit shunchalik ham halol bo‘ladimi?!

Axir sekingina o‘ziga olib qo‘yganida bilmay qolardim-ku. Bilsam ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganim uchun tuxmat qilmagan bo‘lar edim-ku.

Voqeadan juda ta’sirlandim. Qoyil haqiqiy erkak, qoyil o‘zbegimning halol yigiti!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют