» » Aziz Abduhakimov Turkiya madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi

Aziz Abduhakimov Turkiya madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi


Bugun, 13-sentabr kuni Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitoy xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 22-sessiyasi doirasida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush bilan uchrashdi, deb xabar beradi UzDaily.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Xususan, O‘zbekistonning turistik sanoatiga turk investitsiyalarini jalb qilish, turizm sohasidagi ta‘lim, ikki davlat o‘rtasidagi turizmga doir tashkilotlar xodimlari o‘rtasida uzluksiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi muhim yo‘nalishlarda so‘z bordi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistondagi turizm sohasi xodimlaridan 30 nafari uchun oktabr oyining oxirida Turkiyaning Antalya shahrida seminar-trening o‘tkazilishi haqida ham kelishuvga erishdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют