» » Rossiya mezbonligidagi Jahon Chempionatiga borasizmi? Bugundan chiptalar sotuvga chiqdi

Rossiya mezbonligidagi Jahon Chempionatiga borasizmi? Bugundan chiptalar sotuvga chiqdi


2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining chiptalari bugundan sotuvda. Bu haqda FIFA sayti xabar berdi. “Championat.asia” nashri esa chipta sotib olish tartibini o‘zbek tilida tushuntirdi.

14-sentabr Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab butun jahon futbol ishqibozlari katta bayramga qo‘shilishi mumkin. Chunki bu vaqtda JCh—2018 chiptalari sotuvi FIFA.com saytida boshlanadi.

Biz barcha muxlislarga teng imkoniyat taqdim etadigan chipta xarid qilish tizimini ishlab chiqdik. Mundiallarda muxlislar sport bayramining muhim qismi bo‘lib kelgan. Rossiyadagi Jahon Chempionati bu boradagi an’analarini davom ettirib, tashkilotchilik va turnir atmosferasi tomondan unikal voqelikka aylanadi.

Fatma Samura, FIFA bosh kotibi

Chiptalar sotuvi bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Masalan, birinchi bosqichning o‘zi ikki davrdan iborat.

1-davr. 14-sentabrdan 12-oktabrgacha davom etadi. Siz istalgan kun uchun chiptaga so‘rov bersangiz, hamma so‘rovlar uchun imkoniyat teng bo‘ladi. Oldin buyurtma bergan odam imkoniyati, keyinroq bergan odamnikidan yuqori emas, shunchaki, belgilangan vaqtda berilsa bo‘ldi. Agar so‘rovlar soni chiptalar sonidan oshib ketsa, chipta egasi tasodifiy qur’a yo‘li bilan aniqlanadi. So‘rov berganlarning barchasiga 16-noyabr kuni javob xati keladi.

2-davr. 16—28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu vaqtda chiptalar jonli navbat yo‘li bilan sotiladi.

2017-yilning 1-dekabr kuni JCh—2018 ga qur’a tashlanadi va II bosqich boshlanadi. U birinchisi kabi tasodifiy qur’a (5-dekabrdan 31-yanvargacha) va jonli navbat (13-martdan 3-aprelgacha) yo‘li bilan aniqlanadi.

Bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga chiptalar mundial boshlanishiga bir necha hafta qolganda tekinga yetkazib beriladi. Chiptalarni yetkazib berish aprel—may oylaridan oldin boshlanmaydi.

Chiptalarni sotib olishning so‘nggi imkoniyati “So‘nggi onlar” bosqichida bo‘ladi. Chiptalar jonli navbat usulida sotiladi. Bu bosqich 18-aprelda boshlanib, JCh—2018 finali bo‘lib o‘tadigan 15-iyulda yakuniga yetadi.

I va II bosqichlarda chiptalarni quyidagi yo‘l bilan xarid qilish mumkin:

Rossiya hukumati tashabbusi bilan JCh—2018 o‘yinlari uchun chipta xarid qilgan har bir ishqiboz muxlis pasportiga ham ega bo‘lishi kerak. Tasodifiy qur’a yo‘li bilan chipta xarid qilish muddati tugagach, chipta egalariga muxlis pasporti uchun so‘rovnoma yuborishni maslahat beramiz. Pasport bepul beriladi.

Bu noqulaylik emas, aksincha, muxlislarga qulaylik yaratadi. Ularga qo‘shimcha xizmat va ustunliklar taqdim etiladi. Masalan, Rossiya hududiga vizasiz kirish imkoniyati, mundialga mezbonlik qiluvchi shaharlar orasida tekin sayohat, uchrashuv kuni jamoat transportidan bepul foydalanish. Muxlis pasporti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar www.fan-id.ru saytida berilgan.

FIFA so‘rov berish, muxlis pasportini yetkazish yoki undan foydalanish uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют