» » Bangkok shifoxonasidagi portlash tashkilotchisi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi

Bangkok shifoxonasidagi portlash tashkilotchisi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi


Bangkok shifoxonalaridan birida yuz bergan portlashni uyushtirishda gumonlanuvchi sud tomonidan portlovchi moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish va saqlash ayblovi bilan to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. 22-may kuni yuz bergan portlash oqibatida 20 dan ortiq odam jarohat olgan edi. Bu haqda 14-sentabr kuni Bangkok Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Avval elektr tarmoqlari kompaniyasida muhandis bo‘lib ishlagan 62 yoshli Vattana Pumret portlashdan biroz vaqt o‘tib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olinib, aybini tan olgan edi. U, shuningdek, o‘q-dorilarni noqonuniy saqlagani uchun sud tomonidan 2 ming bat (60 dollar) jarimaga tortilgan.

Bangkok Post’ning qayd etishicha, Vattana Pumret qamoqxonada to‘rt yildan ko‘proq vaqtini o‘tkazishi mumkin. Sudda unga nisbatan qasddan qotillikka urinish ayblovi bo‘yicha ish ham mavjud. Mazkur ish bo‘yicha qaror 16-oktabrda chiqarilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют