» » Qirg‘izistonlik muxolifatchilar to‘ntarish tayyorlagani uchun 14 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi

Qirg‘izistonlik muxolifatchilar to‘ntarish tayyorlagani uchun 14 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi


Qirg‘izistonning “Xalq parlamenti” muxolif harakati a’zolari mamlakatda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashni rejalashtirish ayblovi bilan sudlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Bishkek Pervomaysk sudiga ko‘ra, harakatning olti a’zosiga hukm o‘qildi.

Jumladan, Bekbo‘lot Talg‘arbekov va To‘robay Qulubayev 14 yilga og‘ir tartibli kolonnada o‘tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilindi. Harakatning yana bir yetakchisi — Marat Sultonov 10 yilga koloniyaga hukm etilgan bo‘lsa, Toyg‘onbek Qalmatov va Aleksandr Gusev 5 va 6 yillik shartli muddatlar oldi.

Muxolifatchilar 2016-yil 12-mayida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘lga olingan edi. Ular, to‘ntarish tayyorlashdan tashqari, milliy va diniy nizolar qo‘zg‘ashda ayblangan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют