» » IShID jangarilarining qariyb 400 nafar xotinlari Iroq harbiylari qo‘liga tushdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

IShID jangarilarining qariyb 400 nafar xotinlari Iroq harbiylari qo‘liga tushdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor


Tall-Afar shahri uchun olib borilgan janglardan so‘ng IShID jangarilarining 400 ga yaqin xotinlari, shu jumladan, Rossiya, O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari Iroq harbiylari qo‘liga tushdi, deb yozadi “RIA Novosti” Iroq armiyasi vakiliga tayanib.

“IShID jangarilari qamalda qolgach, ular bizga o‘z oilalari bilan birga taslim bo‘ldi. Jami 600 ga yaqin jangari taslim bo‘ldi”, — dedi Iroq armiyasi vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq hukumati o‘z qo‘llariga tushgan qariyb 400 nafar ayolni IShID jangarilarining xotinlari deb taxmin qilmoqda. “Ularning ko‘pchiligi Tall-Afarga Turkiya, Yevropa, Checheniston, Misr, Tunis va boshqa mamlakatlardan kelgan. Bu yerga kelgach, ular o‘z xohishi bilan IShID jangarilariga turmushga chiqqan”, — dedi harbiy.

Ayollar hozir “Xamam Eli” lagerida tutib turilibdi. Iroq hukumati ularning IShID bilan aloqasini o‘rganmoqda. “Agar ular orasida aybsizlar borligini aniqlasak, ularni qo‘yib yuboramiz”, — dedi harbiy.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют