» » Monako adliya vaziri rossiyalik milliarderning sud ishi sababli iste’foga chiqdi

Monako adliya vaziri rossiyalik milliarderning sud ishi sababli iste’foga chiqdi


Monako adliya vaziri Filipp Narmino rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev va shveysariyalik art-diler Iv Buvye o‘rtasidagi sud ishiga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng iste’fo berdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi. 

“Menga qarshi shaxsiy ayblovlar va sud organlarining ta’qiblari shunday qarorga kelishimga sabab bo‘ldi. Lavozimimni tark etishim xotirjamlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Monako sudlovi manfaatlariga mos keladi”, — ta’kidladi Narmino. 

Parijda chop etiladigan Le Monde nashri 14-sentabr kuni Narmino va Ribolovlev do‘stona aloqalarda ekanligi yoritilgan materialni e’lon qildi. Gazetaga ko‘ra, milliarder 2015-yil boshida vazir va uning turmush o‘rtog‘ini Shveysariyaning Gshtad qishlog‘idagi uyiga taklif etgan.

Joriy yil boshida esa milliarder va uning shaxsiy kolleksiyasi uchun san’at asarlari yetkazib bergan art-diler Iv Buvye o‘rtasida sud tortishuvi boshlandi. Ribolovlev Buvyeni firibgarlikda va sotayotgan kartinalari narxini asossiz oshirganlikda aybladi. Bu milliarder bir necha yuz million yevroni boy berishiga olib keldi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют