» » Milliarder Farhod Ahmedov sobiq rafiqasiga 453 million funt sterling to‘lashdan bosh tortdi

Milliarder Farhod Ahmedov sobiq rafiqasiga 453 million funt sterling to‘lashdan bosh tortdi


Rossiyalik milliarder Farhod Ahmedov sobiq rafiqasi Tatyana Ahmedovaga 453 million funt sterling to‘lash to‘g‘risidagi London yuqori sudi qarorini bajarmasligini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Ushbu hukm faqat Buyuk Britaniya hududida amal qiladi, u yerda esa ko‘pdan buyon hech narsam yo‘q. Men Buyuk Britaniya fuqarosi emasman, u yerda hech qanday ishim yo‘q”, — dedi milliarder “RBK” nashriga bergan izohida.

“Britaniya sudlari har doim ayollar tarafida, ayniqsa ular boylarning rafiqalari bo‘lsa, sud orqali olingan pullarni Angliyada sarflashlari uchun”, — qo‘shimcha qildi Ahmedov.

11-may kuni London sudi Farhod Ahmedov sobiq rafiqasiga 453 million funt sterling to‘lashi haqida qaror qildi. Bu milliarder boyligining 41,5 foizidir. Financial Times buni London ajrimlar tarixidagi eng yirik tovon puli deya baholadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют