» » IShID Sinaydagi rahbarlaridan birining o‘ldirilganini tan oldi

IShID Sinaydagi rahbarlaridan birining o‘ldirilganini tan oldi


IShID terrorchilik guruhining Sinay yarimorolidagi bo‘linmasi Misr armiyasi tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada o‘z rahbarlaridan birining o‘ldirilganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 11-sentabrda Shimoliy Sinayning ma’muriy markazi hisoblangan Al-Arish shahrida radikal kuchlar tomonidan uyushtirilgan qurolli xuruj oqibatida 18 nafar harbiy halok bo‘lgan. Misr armiyasi ana shu hujumdan keyin reyd o‘tkazgan va reyd natijasida IShIDning tajribali dala qo‘mondonlaridan biri — falastinlik Muhammad Jamol Abu Dalil o‘ldirilgan.

Abu Xolid al Maqdasiy nomi bilan tanilgan bu jangari uzoq vaqt IShID tomonida Liviya hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Keyin dengiz orqali G‘azoga, u yerdan esa Sinay yarimoroliga borgan. U so‘nggi vaqtlarda Shimoliy Sinay politsiyachlari va aholisiga nisbatan uyushtirilgan ko‘plab teraktlarning tashkilotchisi va asosiy ijrochisi bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют