» » Ota-ona qizini hayotni ta’minlash uskunasidan uzib qo‘yishdan oldin uni so‘nggi marta o‘pdi, ammo shu payt qizcha kutilmaganda uyg‘onib ketdi

Ota-ona qizini hayotni ta’minlash uskunasidan uzib qo‘yishdan oldin uni so‘nggi marta o‘pdi, ammo shu payt qizcha kutilmaganda uyg‘onib ketdi


Buyuk Britaniyada Francheska va Li Mur-Uilyams ismli er-xotin Bobbi va Bella ismli farzandlari bilan baxtli hayot kechirar edi, deb yozadi Infinity Fun.

Ularning qizalog‘i Bella 18 oylik chog‘ida to‘satdan xastalanib, sochlari to‘kilib keta boshladi. Ota-onasi uni Londondagi eng yaxshi kasalxonalardan biriga olib bordi. Bellaning boshini magnit-rezonans tomografiya orqali tekshirgan shifokorlar uning miyasida ba’zi bir anomaliyalarni aniqladi. Qizchaning ahvoli yomonlashib boraverdi, oxir-oqibat, Bellaning hayotini saqlab turish uchun uni uskunalarga ulab qo‘yishdi.

Tibbiy tahlillarga ko‘ra, chaqaloqda B12 vitamini tanqis bo‘lib, uning tanasi organizm hujayralari sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun zarur fermentlarni mustaqil ishlab chiqara olmasdi.

Bella azob chekkan kamyob kasallik o‘rtacha har 60 000 boladan bittasida uchraydi va uni davolash deyarli imkonsiz.

Shifokorlar qizaloqning ota-onasiga u yashab ketmasligini aniq-ravshan bildirdi. Francheska va Li, oxir-oqibat, qizini uskunalardan uzib qo‘yishga qaror qildi, chunki ular farzandi umrining qolgan qismini jon talvasasida o‘tkazishini istamadi.

Shu kuni butun oila va do‘stlar Bella bilan vidolashish uchun kasalxonaga yig‘ildi. Ota-ona ko‘zida yosh bilan farzandini o‘pib, u bilan xayrlashdi. Kutilmaganda qizaloq dadasining barmog‘ini qattiq ushlab oldi. Uning tana harorati ko‘tarilib, tanasiga qizillik yugurdi va uyg‘onib, baqira boshladi.

Palataga shifokorlar yugurib keldi. Hamma qizaloqni jon beradi, deb turgan vaqtda, uning ko‘rsatkichlari o‘z-o‘zidan yaxshilandi, bu butun kasalxona xodimlari uchun ham kutilmagan holat bo‘ldi.

Bir necha haftalik intensiv davolanishdan keyin Bella sog‘lom holatda uyiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir u xursandchilik bilan kuladi, do‘stlari bilan yuguradi, o‘ynaydi, sochlari esa yana o‘sib ketdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют