» » OAV: Kipr ukrainalik korrupsionerlarga pasport sotish orqali milliardlab yevro ishladi

OAV: Kipr ukrainalik korrupsionerlarga pasport sotish orqali milliardlab yevro ishladi


Kipr Ukraina va Rossiyaning korrupsiyada ayblanayotgan amaldorlari va oligarxlariga jami 400 pasport berib, buning orqasidan 4 milliard yevro ishladi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Kipr rasmiylari oligarxlarga fuqarolik berib, bu bilan ularga Yevropada yashash va ishlash imkoniyatini yaratgan.

Nashr konkret ism-familiyalarni keltirmadi, ammo bunday pasport olganlar ichida Rossiya Davlat Dumasining sobiq deputati, shuningdek, Ukrainaning eng yirik tijorat banki asoschilari borligini bildirdi.

Hali 2013-yili ishga tushuriligan “oltin vizalar” sxemasi pasport evaziga investitsiyalar kiritilishini taklif qilgan.

“Da’vogarlar xususiy mulkka 2 million yevro yoki kompaniyalar va davlat obligatsiyalariga 2,5 million yevro kiritadi”, — deb tushuntiriladi bu sxema.

Yil oxiriga qadar Yevroparlament bunday sxema bo‘yicha fuqarolik taqdim etuvchi davlatlardan tekshiruvlarni jiddiylashtirishni talab qilish huquqi yuzasidan eshituvlar o‘tkazadi.

“Oltin vizalar” sxemasi ishlovchi davlatlardan yana biri Portugaliya ekanligini ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют