» » Germaniya tashqi ishlar vaziri Kim Chen Inni aqlsiz deb hisoblamaydi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Kim Chen Inni aqlsiz deb hisoblamaydi


Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Rossiya, AQSh va Xitoy KXDR bilan muzokaralar olib borishi zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya muammosining yechimi uchun 1980-yillarda SSSR va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda siyosatchilar tomonidan qilingan kabi dadil qadamlar zarur.

Zigmarning fikricha, Kim Chen In aqlsiz emas. U tanlagan strategiyasiga sovuqqonlik bilan yondoshmoqda. U Shimoliy Koreyaga hech kim tahdid qila olmasligi uchun atom bombasi yaratmoqda.

KXDR yetakchisi 16-sentabrda Shimoliy Koreya amalda yadro kuchlarini tuzishga yaqin ekanligini ma’lum qilgan. “Biz mamlakatimiz cheksiz sanksiyalar va to‘siqlarga qaramasdan o‘z maqsadlariga erishishini ko‘rsatishimiz kerak. Bizning oliy maqsadimiz — Koreya yarimorolidagi muammolarni kuch ishlatmasdan hal qilish uchuin AQSh bilan kuchlarni muvozanatlashtirish”, — deb bayonot bergan Kim Chen In.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют