» » Hitrou osmonida to‘qnashib ketishiga bir bahya qolgan samolyotlar (foto)

Hitrou osmonida to‘qnashib ketishiga bir bahya qolgan samolyotlar (foto)


Buyuk Britaniyaning Hitrou aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti qo‘nish oldidan to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Hodisa 15-avgustda yuz bergan, biroq endigina bu haqda ma’lum bo‘lmoqda. Ikki samolyotning yaqin masofada bir-biriga ustma-ust turgan holatini mahalliy aholi vakillaridan biri o‘z bog‘idan suratga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo kemalaridan biri Virgin Atlantic, ikkinchisi esa British Airways kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Ekspertning ta’kidlashicha, yerdan samolyotlar haqiqatdan ham bir-biriga yaqin masofada ko‘rinishi mumkin. Bunda samolyotlar orasida kamida talab qilinadigan 300 metr bo‘lgan.

“Samolyotllar a’lo darajadagi ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim samolyotlarning hech qachon bir-biriga juda yaqin kelmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, havo laynerlari havo harakati boshqarmasi tomonidan kuzatiladi”, — deb tushuntirgan ekspert.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют