» » Mirjalol Qosimovning goli O‘zbekiston termasiga Bahrayn ustidan g‘alaba tortiq qildi

Mirjalol Qosimovning goli O‘zbekiston termasiga Bahrayn ustidan g‘alaba tortiq qildi


Dilshod Nuraliyev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi Osiyo Chempionatining saralash bosqichini muvaffaqiyatli boshladi.

Saralash o‘yinlariga Saudiya poytaxti mezbonlik qilmoqda. O‘zbekistonlik futbolchilar undagi ilk uchrashuvni Bahrayn o‘smirlariga qarshi o‘tkazib, 89-daqiqada urilgan yagona gol sabab zafar quchdi. Nuraliyev 83-daqiqaga kelib maydonga Mirjalol Qosimovni tushirdi. 6 daqiqadan so‘ng u raqib darvozasiga g‘alaba golini urdi.

Osiyo Chempionati. Saralash
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
18-sentabr, dushanba

Gollar: Mirjalol Qosimov, 89 (0:1).

O‘zbekiston: Mo‘minmirzo Qodirov — Abdurauf Bo‘riyev (Mirjalol Qosimov, 83), Xurshid Ubaydullayev, Jasur Abdulbekov, Jaloliddin Sodiqov, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Ro‘ziyev (Temur Mamasiddiqov, 63), Doniyor Sobirov, Mironshoh Sattorov, Igor Chikrizov (Bobur Sobirov, 33), Boburmirzo Ergashev.

Oldinda O‘zbekiston termasini yana 3 ta bellashuv kutib turibdi. Ayni paytda Iordaniya termasi guruhni boshqarib turibdi. Ular ilk turda mezbon Saudiyani 2:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, keyinroq Shri-Lanka postiga 7 ta javobsiz gol urdi. Bahrayn esa Shri-Lanka ustidan 6:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

20-sentabr, chorshanba
O‘zbekiston — Shri-Lanka
Saudiya — Bahrayn

22-sentabr, juma
Iordaniya — O‘zbekiston
Saudiya — Shri-Lanka

24-sentabr, yakshanba
Bahrayn — Iordaniya
O‘zbekiston — Saudiya

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют