» » Niderlandiya halokatga uchragan MH17 ning sud jarayonlariga 9 million yevro ajratdi

Niderlandiya halokatga uchragan MH17 ning sud jarayonlariga 9 million yevro ajratdi


Niderlandiya hukumati Donbassda halokatga uchragan Boeing 777 samolyotining aybdorlarini aniqlash uchun olib borilayotgan sud jarayonlariga to‘qqiz million yevro ajratdi. Bu haqda Telegraaf gazetasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Xavfsizlik va adliya vazirligining kelgusi yildagi budjeti hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari keyinchalik, 2023-yilga qadar ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida yana millionlab yevro sarflanishi rejalashtirilgan.

Budjet hujjatiga berilgan izohlarda ta’kidlanishicha, Niderlandiya sud jarayonini tashkillashtirish va davlat ayblovi xarajatlarini to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, hukumat “ushbu dastur haqidagi maxfiy ma’lumotlar bilan bo‘lishishning oldini olish maqsadida” guvohlarning himoyasi uchun ketadigan xarajatlarni ham to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 17-iyulida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan paytda Donetsk viloyati osmonida urib tushirilgan edi. Buning oqibatida 283 yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi, jami o‘n mamlakat fuqarosi halok bo‘lgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют